Bojxona Qiymatini Aniqlash Quiz
Bojxona Qiymatini Aniqlash Quiz
Ushbu quiz, bojxona qiymatini aniqlash jarayoni bilan bog‘liq usullar va tartiblarni o‘rganishga yordam beradi. Muayyan savollar yordamida siz bojxona qiymatini aniqlash usullari va ularning qo‘llanilishi haqida bilimlaringizni sinab ko‘rishingiz mumkin.
Quizdan manfaatdor bo‘lganlar uchun:
- Bojxona qoidalari
- Tashqi iqtisodiy faoliyat
- Xalqaro savdo
Qanday xollarda 1-usul qo’llanilmaydi ?
Sotish yoki bitimning bahosi ta’sirini hisobga olish mumkin bo‘lmagan shartlarga rioya etilishiga bog‘liq bo‘lsa (ayirboshlash, kontraktatsiya, qayta ishlash shartnomalari);
Tovarning bepul yetkazib berilsa
Tovar konsignatsiya shartlarida yetkazib berilganda
Bojxona to‘lovlarini to‘lashdan to‘liq ozod etilgan tovarlarga
Tovar bojxona hududiga qiymat asosiga ega bo‘lmagan bitim bo‘yicha olib kirilgan bo‘lsa
Tovar bojxona hududiga qiymat asosiga ega bo‘lmagan bitim bo‘yicha olib kirilgan bo‘lsa
Sotuvchi 10 000 pul birligiga yog‘och-taxta sotayapti. Sotib oluvchi yog‘och-taxtadan jami 1 000 dona stolni ishlab chiqaradi. Sotuvchi shunday shart qo‘yadiki, unda sotib oluvchi yog‘och-taxta uchun haq to‘lash hisobiga 500 ta stolni yetkazib beradi. Ushbu holatda birinchi usul qo’llaniladimi ?
A. Qo’llaniladi
B. Qo’llanilmaydi
C. Qo’shimcha hujjatlar talab qilinib qo’llaniladi
D. Shartli chiqarib yuboriladi
Bitimlarni tuzish va yetkazib berishning qanday umum qabul qilingan shartlari qo’llanilganda 1-usul qo’llaniladi ?
A. Ekspertni jalb etish (ekspert xulosasi mavjudligi) sharti bilan xarid qilish
B. Tovarni ma’lum bir sanaga qadar yetkazib berish sharti bilan xarid qilish
C. Shartli chiqarib yuborish qo’llanilgan tovarlar
D. A va B javob
Bojxona qiymatini nechta usuli mavjud ?
A. 4 ta
A. 6 ta
A. 5 ta
A. 8 ta
2-usulni qo‘llashda baholanayotgan tovar uchun ilgari rasmiylashtirilgan aynan bir xil tovarning bojxona qiymatidan asos sifatida foydalanilayotgan bo‘lsa va bunday tovar rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasida ularning kelib chiqish mamlakati noma’lum deb qayd etilgan bo‘lsa, 2-usuldan foydalanish mumkinmi ?
A. Bojxona organi bunday bojxona qiymatidan asos sifatida foydalanishni rad etadi
B. Mantiqiy nazorat kritik xato sifatida deklaratsiyani qaytaradi
C. Mumkin. Bunda rasmiylashtirilayotgan deklaratsiyaning kelib chiqish davlati noma’lum deb qaraladi
D. Mumkin 160-son VMQ asosan xech qanday cheklov yo’q
XBT tomonidan mantiqoy nazoratda o’tgan yashil yo’lakdagi BYUD ning hujjatlarini inspektor identifikatsiya qilish imkoni bo’lmasa nimaqilish kerak ?
A. BYUD qaytariladi
B. Yo’lak o’zgartiriladi
C. Deklarantdan hujjatlarni yangidan tashlab KTD tashlash so’raladi
D. Hujjatlarni identifikatsiya qilish imkoni bo’lmasa XBT BYUDni yashil yo’lakka o’tkazmaydi
Agar deklarant yoki bojxona brokeri bitimning qiymati baholanayotgan tovar olib kirilishidan oldin yoki olib kirilganidan so‘ng qancha vaqt ichida tovarning olib kirilayotganda bojxona organi rozi bo‘lgan qiymatlarning biriga yaqinligini isbotlay olsa deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga ko‘ra amalga oshirilgan bitimning narxi tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinadi ?
A. 15 kalendar kun
B. 15 ish kuni
C. 15 kun
D. 30 kalendar kun
1-usul hujjatlar asosida tasdiqlanmasa, qanday hollarda 1-usul qo‘llanilishi mumkin.
A. Tovarga imtiyoz mavjud bo’lsa
B. Tadbirkorning yozma arizasiga muvofiq
C. Qo’llab bo’lmaydi
D. To’lovlar to’lanishi ta’minlansa
Bevosita to‘lovlar nima ?
A. O‘zbekiston Respublikasining valyuta qonun hujjatlari talablariga muvofiq har qanday shaklda to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirilishini nazarda tutsa, bilvosita to‘lovlar sotuvchi topshirig‘iga ko‘ra yoki uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi tushuniladi.
B. O‘zbekiston Respublikasining valyuta qonun hujjatlari talablariga muvofiq har qanday shaklda bevosita amalga oshirilishini nazarda tutsa, bilvosita to‘lovlar sotuvchi topshirig‘iga ko‘ra yoki uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi tushuniladi.
C. O‘zbekiston Respublikasining valyuta qonun hujjatlari talablariga muvofiq har qanday shaklda to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirilishini nazarda tutsa, bilvosita to‘lovlar Bojxona organi topshirig‘iga ko‘ra yoki uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi tushuniladi
D. O‘zbekiston Respublikasining valyuta qonun hujjatlari talablariga muvofiq har qanday shaklda to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirilishini nazarda tutsa, bilvosita to‘lovlar Markaziy bank topshirig‘iga ko‘ra yoki uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi tushuniladi.
Olib kirilayotgan Tovar 2-usulda qiymati aniqlangan holatda asos qilib olingan BYUD 1-usul talablari doirasida rasmiylashtirilmagan bo’lsa qanday xarakat amalga oshiradi ?
A. Kritik xato sifatida BYUD qaytariladi
B. Asos qilingan BYUD rasmiylashtirilgan postga xat yuboriladi
C. Maslahatlashuv o’tkaziladi
D. B va C javoblar to’g’ri
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga (keyingi o‘rinlarda — TIF TN) muvofiq 3405100000 kodi bilan tasniflanuvchi “Oyoq kiyim uchun krem” tovarining asosiy o‘lchov birligi “kg”, sotilishi esa bozorda “dona”da amalga oshiriladi. Shartnomaga muvofiq ushbu tovardan 10 000 dona olib kelingan. Bojxona ko‘rigi davomida hujjatlarga muvofiq 10 000 dona tovarning og‘irligi 1 000 kg.ni tashkil etishi ko‘rsatilgan bo‘lsada, 1 200 kg.ni tashkil etdi. Mazkur holatda ortiqcha chiqqan 200 kg. 1 667 donani tashkil etishi aniqlanadi. Bunday xolatda qaysi usul qo’llaniladi ?
A. 2-usul qo’llaniladi
B. 8 333 donasi uchun 1-usul qo‘llanilishi mumkin. 1667 dona ortiqcha chiqqan qismi esa keyingi usullarni ketma-ketlikda qo‘llash orqali aniqlanishi kerak
C. BQB rasmiylashtiriladi
D. BYUD qaytadan rasmiylashtiriladi
2-usulda asos qilib olinayotgan BYUDdagi tovarning qiymati qaysi usul bilan aniqlanadi ?
A. 2-usul
A. 3-usul
A. 1-usul
A. 6-usul
2-usulni qo‘llashda baholanayotgan tovar uchun ilgari rasmiylashtirilgan aynan bir xil tovarning bojxona qiymatidan asos sifatida foydalanilayotgan bo‘lsa va oldingi deklaratsiya bojxona to‘lovlarini to‘lashdan to‘liq ozod etilgan bo’lsa , 2-usuldan foydalanish mumkinmi ?
A. Mumkin 160-son VMQ asosan xech qanday cheklov yo’q
B. Agar oldingi deklaratsiyaga nisbatan 1-usul qo’llanilgan bo’lsa mumkin
C. Mumkin emas
D. Bojxona organi bunday bojxona qiymatidan asos sifatida foydalanishni rad etadi
Bog‘ va poliz uchun insektitsidli purkagich qismlarga bo‘lingan va suyuqliksiz (kimyoviy moddasiz) yetkazib beriladi. Ikkinchi holatda xuddi shunday purkagichlar esa zaharlovchi kimyoviy moddalar bilan to‘ldirilgan va yig‘ilgan holda yetkazib beriladi. Tovarlarning bir holatda yig‘ilgan holda, boshqa holatda esa — qismlarga bo‘lingan holda yetkazib berilishi ularni 2-usulda aniqlashga imkon beradimi ?
A. Yig‘ishga doir operatsiyalar tasdiqlansa 2-usulda aniqlash mumkin
B. Mumkin emas. Tartib bo’yicha keying usullarga o’tiladi
C. 2-usulda aniqlash mumkin
D. Tovar birinchi usulda rasmiylashtiriladi
Agar tuzilgan kelishuv shartlariga ko‘ra, sotib oluvchi tovarning keyinchalik qayta sotilishi, tasarruf etilishi yoki undan foydalanilishidan so‘ng tushgan tushumning bir qismini sotuvchiga o‘tkazishi kerak bo‘lsa, tadbirkor 1-usuldan foydalanishi uchun nima qilishi kerak ?
A. To’lovlar taminlanganligi haqida qo’shimcha hujjatlar berishi kerak
B. Qo’shimcha shartnoma tuzishi kerak
C. Bunday qism miqdori yoki uni aniqlash usulini shartnomada ko‘rsatishi kerak
D. Hamma javob to’g’ri
{"name":"Bojxona Qiymatini Aniqlash Quiz", "url":"https://www.quiz-maker.com/QPREVIEW","txt":"Ushbu quiz, bojxona qiymatini aniqlash jarayoni bilan bog‘liq usullar va tartiblarni o‘rganishga yordam beradi. Muayyan savollar yordamida siz bojxona qiymatini aniqlash usullari va ularning qo‘llanilishi haqida bilimlaringizni sinab ko‘rishingiz mumkin.Quizdan manfaatdor bo‘lganlar uchun:Bojxona qoidalariTashqi iqtisodiy faoliyatXalqaro savdo","img":"https://cdn.poll-maker.com/104-5107140/img-n8kye8z19imad7r6dyn5gl1q.jpg"}
More Quizzes
Managing Safety in Construction
630
Survey of Adult Learners (AY16/17 October)
520
CAGED Bootcamp Day 5 Week 3
740
1360
Kwistetnie
940
Indian boys
5217
How well do you know Disney's Mulan?
10561
What do you know about Media in foreign countries?
520
C1 new (1-100 )
1005031
DirecTV Product Evolution!
201031
VIQC 2022-23 Game Manual Quiz
740
What's Your Spongebob IQ?
740